-
Buxoro sh. M.Iqbol ko‘chasi 11-uy
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra har yili mamlakatimizda qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli talabalarni munosib taqdirlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Har yili oliy ta'lim muassasasining faqat 1 nafar talabasiga Islom Karimov stipendiyasi tayinlanadi. Asosiy talab talabalik davrida fanlarni 75% va undan yuqori a’lo baholarda va 25% va undan kam "4" baholarda o'zlashtirgan bo'lishi lozim.
Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari kimlarga beriladi?
Oliy talim muassasasining barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan 3-bosqich va 4-bosqich talabalari tanlovda ishtirok eta oladi. Tanlovning yakuniy natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan har bir OTM bo'yicha 1 nafar talabaga tayinlanadi.
Tanlovda barcha ta'lim yo'nalishlari talabalari ishtirok eta oladi.
Stipendiya qanday mezonlar asosida beriladi?
Talabalarga Islom Karimov nomli davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
(bakalavrlar uchun, faqatgina 3-4-bosqich talabalari ishtirok eta oladi)
Talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:
Talaba oliygohda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga hujjatlarni topshiradi. Barcha hujjatlar bosma va elektron nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning to‘plami jildga joylanadi, jild muqovasida ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi. Talaba tahsil olayotgan oliygoh o‘zining talablaridan kelib chiqqan holda qo‘shimcha hujjatlar talab qilishi mumkin.
Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga Islom Karimov nomli davlat stipendiyalarini tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati qarori bilan amalga oshiriladi.
Stipendiyalar tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasi puxta ekspertizadan o‘tkaziladi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
- maxsus tanlov komissiyasi tuzadi;
- talabgorlarning ta’lim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarligi darajasini baholash maqsadida yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertlar guruhlari tuzadi;
- tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi;
- tanlov komissiyasi majlislarini o‘tkazish muddatlarini belgilaydi.
Tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazadi hamda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda talabalar nomzodini Islom Karimov nomli davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.
Agar ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni belgilangan kvotadan ko‘p bo‘lsa, ustunlik eng ko‘p ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’atining qarori davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarga Islom Karimov nomli davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqida buyruq tayyorlashi uchun asos bo‘ladi.
Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari sovrindorlariga har yili, bir o‘quv yili uchun, 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati — 1—15-avgust, ko‘rib chiqish muddati — 10—25-sentabr.
Islom Karimov nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga “Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori” guvohnomasi beriladi.
DIQQAT: Kundalik darslarni o‘zlashtirmaydigan, o‘quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalarni o‘quv yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilish tasarrufida talaba o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.